Slovakiyada inson nafasi orqali koronavirusni aniqlashga qodir qurilma ixtiro qilindi
Slovakiyada olimlar inson nafasi orqali koronavirusni tezkorlik bilan aniqlashga qodir FastBreathSpec nomli qurilmani yaratdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.


Taʼkidlanishicha, qurilmani yaratishda Masatech kompaniyasi hamda Bratislavadagi Komenskiy va Slovakiya universitetlarning alohida fakultetlari ishtirok etgan. Loyiha hukumat tomonidan moliyalashtirilgan.
Ekspertlar inson chiqarayotgan nafasdan 60 soniyadan kamroq vaqt ichida koronavirusni aniqlovchi qurilmani yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng, tahlil namunalari dasturiy taʼminot algoritmlari yordamida klassifikatsiyalanadi.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, FastBreathSpec ishi ionlar harakatining spektrometriyasiga asoslangan.
Taʼkidlash kerakki, bugungi kunda koronavirus PZR va ekspress-testlar yordamida aniqlanmoqda. Biroq ekspress-testlar antitanalar bilan ishlagani uchun virusning bilvosita belgilarini aniqlay oladi xolos.







