Telegram‘da xayriya mablag‘larini yig‘ish funksiyasi ishga tushdi
Telegram messenjerida kanalga ega foydalanuvchilar o‘z obunachilaridan xayriya mablag‘larini yig‘ish imkoniyatiga ega bo‘ldi.


Buning uchun @Donate rasmiy boti ishga tushirildi. Bot orqali O‘zbekiston hududida ham xayriya mablag‘larini to‘plash mumkin.
Taʼkidlash kerak, yuz minglab obunachilarga ega turli kanallar – Telegram‘ning mavqeyini ko‘tarib turuvchi asosiy omillardan biriga aylangan.
Bunga qadar kontent yaratuvchilari yoki Telegram kanal egalari auditoriyadan moliyaviy yordam olish uchun uchinchi tomon xizmatlaridan foydalanib kelayotgandi. Yaʼni kanalga pulli reklama qo‘yish evaziga daromad topishadi.
Droidmaze‘ning qayd etishicha, hozirda BymeCoffee va ko-fi – Telegramda xayriya va moliyaviy yordam olishning eng mashhur usullari. Messenjer sozlovchilari buni tahlil qilib chiqqach, Telegram‘ga o‘z xayriya funksiyasini qo‘shishga qaror qilgan.
@Donate rasmiy boti orqali kanal egalari bot tomonidan berilgan oddiy ko‘rsatmalarga amal qilib, o‘z kanallarida xayriya funksiyasini o‘rnatishi mumkin.







