Hi-Tech

Xitoyliklar Boston Dynamics robotining nusxasini yasab 30 barobar arzon sotmoqda

Xitoyning Welian kompaniyasi AlphaDog robotini taqdim etdi.

Xitoyliklar Boston Dynamics robotining nusxasini yasab 30 barobar arzon sotmoqda

Xitoyning Welian kompaniyasi AlphaDog robotini taqdim etdi. Ushbu robot Boston Dynamics ishlab chiqargan mahsulotga juda o‘xshab ketadi.

Xitoyliklar yasagan Spot AlphaDog nomini oldi. Mazkur robot ishlash uchun datchiklar va sunʼiy intellektdan foydalanadi. Kompaniyadagilarning vaʼda berishicha, robot yana-da takomillashtirilgach, ko‘zi ojizlarga yordam berish, hurish va hatto egasining ovozli buyrug‘ini bajarish vazifasini ham uddalaydigan bo‘ladi.

To‘rt oyoqli AlphaDog tezligini soatiga 16 kilometrgacha oshira oladi va tepib yuborganda ham yiqilmay govdasini tik tuta oladi.

Bundan tashqari, robot kuchukcha beshinchi avlod mobil tarmog‘ida ham ishlaydi va vazifalarni mustaqil ravishda o‘zi bajarishi mumkin.

Ushbu Boston Dynamics robotiga o‘xshash kuchukcha hozircha faqat Xitoy bozorida sotilmoqda va narxi juda arzon. Agar amerikaliklarning robot kuchugi 74 000 dollarga sotilayotgan bo‘lsa, AlphaDog 2 ming 400 dollarga baholanmoqda.

Xitoyliklar Boston Dynamics robotining nusxasini yasab 30 barobar arzon sotmoqda | Zamon.uz