Hi-Tech

Yaponiyada uch o‘lchamli ulkan mushuk paydo bo‘ldi

Tokiodagi Sindzyuku temir yo‘l stansiyasi yaqinida yuqori texnologiyali reklama banneri yordamida ulkan mushukning tasviri hosil qilindi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Yaponiyada uch o‘lchamli ulkan mushuk paydo bo‘ldi

 

 

Raqamli reklama banneri uchta qavatdan ortiq joyni egallagan va 4K sifat hamda ovozlarni taqdim etishga qodir egilgan yorug‘lik diodli ekrani bilan qolganlaridan ajralib turadi. Egilgan ekran katta chuqurlikni, shuningdek, maxsus ko‘zoynaklarsiz xuddi haqiqiydek ko‘rinish olgan 3D-effektlardan bahramand bo‘lishni taʼminlaydi.

Uch o‘lchamli yangi texnologiyani Tokio ko‘chalariga o‘rnatish uchun Sindzyuku stansiya yaqinida ulkan uch o‘lchamli mushukning qisqa videosi namoyish etilmoqda.

Yaponiyada uch o‘lchamli ulkan mushuk paydo bo‘ldi | Zamon.uz