Hi-Tech

ZTE “aqlli” futbolka chiqardi

Futbolka nafas olish jarayonini tahlil qiladi, elektrokardiogramma qiladi, ter ajralishi va mushaklar faolligini qayd etadi.

ZTE “aqlli” futbolka chiqardi

 

 

ZTE kompaniyasi YouCare deb nomlangan futbolkani namoyish etdi. U inson organizmidagi muhim biologik jarayonlarni qayd etadi va 5G tarmog‘i orqali uzatadi, deb yozadi Gizmochina.

 

 Maʼlumot berilishicha, YouCare tekstildan tayyorlangan va uni yuvish mumkin. 

 

 Ishlab chiqaruvchilarning taʼkidlashicha, unga polimerdan tayyorlangan uzatkichlar o‘rnatilgan.

 

 

Futbolka nafas olish jarayonini tahlil qiladi, elektrokardiogramma qiladi, ter ajralishi va mushaklar faolligini qayd etadi.

 

Olingan maʼlumot raqamli shaklga o‘tkaziladi va smartfon yoki aqlli soatga uzatiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"