Ford benzin hidli atir ishlab chiqardi
Amerikaning Ford avtomobil kompaniyasi Olfistion parfyumeriya kompaniyasi bilan hamkorlikda benzin hidli Mach-Eau parfyumini ishlab chiqardi.


Taʼkidlanishicha, bu g‘oya ko‘plab avtomobil egalarining elektromobillarga o‘tishi bilan bog‘liq. Shunday qilib, kompaniya iltimosiga binoan, Yevropada haydovchilar o‘rtasida so‘rov o‘tkazildi.
Uning natijalariga ko‘ra, haydovchilarning 70 foizi yoqilg‘i hidini sog‘inishini tan olishgan.
Mach-Eau parfyumida benzin hidi bilan bir qatorda avtomobilning ichki qismi bilan bog‘liq hidni eslatuvchi va shinalardagi rezina hidini taʼminlovchi para-kresol mavjud.
Ushbu hidlar qo‘shimcha ko‘k zanjabil, lavanda, geranium va sandal daraxti bilan aralashtirilgan. Biroq, Mach-Eau atiri hali soruvda emas.
Nasiba To‘xtayeva







