Birmingemda olmosdan poyabzal yaratildi
Birmingemda joylashgan Dom Borghese dunyodagi eng qimmat erkaklar poyabzalini yaratdi.


Dizayner Kristofer Schellis tomonidan yaratilganoyoq kiyim sharob rangida bo‘lib, u charmdan tayyorlangan va olmos hamda oltin bilan bezatilgan. Poyabzalning narxi 150 ming dollar.
Dizayner uni yaratishda 1558 yilda toj kiygan qirolicha Yelizaveta I ning hashamatli uslubidan ilhom olganini taʼkidladi.
Qimmatbaho poyabzalni xarid qilganlarga umrbod kafolat vaʼda qilingan.







