Hi-Tech

YouTube yangi xizmatni sinovdan oʻtkazmoqda

U orqali obunachilar turli xil reklamalarni yashirishlari, videolarni fonda yoki oflayn tomosha qilishlari mumkin boʻladi.

YouTube yangi xizmatni sinovdan oʻtkazmoqda

 

 

YouTube ayrim Yevropa davlatlarida Premium Lite-ni sinovdan oʻtkazmoqda, deya yozmoqda The Verge kompaniyaga tayanib.

 

Obuna narxi oyiga 6,99 yevroni tashkil qiladi. Obunachi bu orqali reklamasiz YouTube videolarini tomosha qilishi, Smart TV ilovalari va YouTube Kids-dan foydalanishi mumkin boʻladi kiradi. YouTube Music boʻyicha bonuslari mavjud emas.

 

Premium obunaga reklamalarni oʻchirish, videolarni fonda va oflaynda koʻrish va YouTube Music-da reklamalarni yashirish kiradi.

 

Platforma hozircha Lite obunalarini sinab koʻrmoqda. Xizmat foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari asosida ommaviylashtiriladi.

 

Avvalroq Spot 1-iyundan YouTube platformadagi barcha videolarga reklama joylashtira boshlaganligi haqida xabar bergandi.

YouTube yangi xizmatni sinovdan oʻtkazmoqda | Zamon.uz