Jahon

Hormuz bo‘g‘ozidagi hujumlar kuchaydi: Eron ikkita raketa uchiruvchi qurilmani namoyish etdi

Raketa qurilmasi namoyishi AQShning Eron raketa dasturini yo‘q qilgani haqidagi bayonotlari fonida amalga oshirildi.

Hormuz bo‘g‘ozidagi hujumlar kuchaydi: Eron ikkita raketa uchiruvchi qurilmani namoyish etdi

Eron Hormuz bo‘g‘ozi va uning yaqinida kamida uchta neft tankeriga zarba berdi. Shuningdek, mamlakat yerosti raketa inshootida yangi, bir vaqtning o‘zida ikkita raketa uchirish imkoniyatiga ega qurilmani namoyish etdi. Bu haqda AP xabar berdi.

 

Britaniya harbiylarining dengiz xavfsizligi markazi ma’lumotiga ko‘ra, shanba kuni erta tongda Fors ko‘rfazidan Hormuz bo‘g‘ozi orqali chiqayotgan ikkita tanker alohida-alohida snaryadlar bilan urilgan. Ulardan birining orqa qismi, ikkinchisining dvigatel bo‘limi shikastlangan. Hodisada jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

 

Eron harbiy-dengiz kuchlari esa yana bir tanker bo‘g‘ozning sharqiy qismida dengiz minasiga urilib, yong‘in chiqqanini ma’lum qildi. Eron davlat televideniyesi tunda bo‘g‘ozda kemalarni to‘xtatishga qaratilgan eng intensiv va turli ko‘rinishdagi operatsiyalar o‘tkazilganini bildirdi. Bu AQSh harbiylarining kemalar qatnovini eskort bilan ta’minlash urinishlariga to‘sqinlik qilishga qaratilgan.

 

Qayd etilishicha, Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi kemalarga hujumlar bilan global energiya narxlarini oshirish va Eron portlariga nisbatan blokada joriy etgan AQShga bosim o‘tkazishni maqsad qilmoqda.

 

Shuningdek, Eron davlat televideniyesi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tomonidan yerosti inshootida namoyish etilgan yangi raketa qurilmasi tasvirlarini efirga uzatdi. Qurilma suyuq yoqilg‘ida ishlaydigan ikkita raketani uchirish imkoniyatiga ega.

 

Eron Aerokosmik kuchlari qo‘mondoni Sayyid Majid Musaviy mamlakatning harbiy imkoniyatlari sezilarli darajada kengayganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, jangovar tuzilmaga yangi va yuqori samarali vositalar kiritilgan. 

 

Raketa qurilmasi namoyishi AQShning Eron raketa dasturini yo‘q qilgani haqidagi bayonotlari fonida amalga oshirildi.

 

Bundan tashqari, Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kazem G‘aribobodiy Qatar vositachilari bilan aloqalar davom etayotganini bildirdi. Vositachilar juma kuni Eronga tashrif buyurib, diplomatik muzokaralarga yana bir imkoniyat berish masalasini muhokama qilgan.

O‘yin sanoatida rekord: GTA VI ilk kunidayoq qariyb 4 milliard dollar daromad keltirdi

O‘yin sanoatida rekord: GTA VI ilk kunidayoq qariyb 4 milliard dollar daromad keltirdi

Bu ko‘rsatkich 2013-yilda chiqarilgan GTA V’ning dastlabki uch kunlik 1 milliard dollarlik natijasidan qariyb to‘rt baravar yuqori.

Yevropada antibiotiklarga chidamli bakteriya tarqalishi xavfi oshmoqda: JSST ogohlantirdi

Yevropada antibiotiklarga chidamli bakteriya tarqalishi xavfi oshmoqda: JSST ogohlantirdi

Klebsiella pneumoniae sababli yuzaga kelgan qon infeksiyalari 2019–2025-yillarda 72 foizga oshdi.

Tramp yil oxirigacha Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishmoqchi — FT

Tramp yil oxirigacha Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishmoqchi — FT

AQSh demokratlar Kongress ustidan nazoratni qo‘lga kiritishidan avval Rossiya va Ukraina o‘rtasida kelishuvga erishishga shoshilmoqda.

Bir kechada 275 ta Ukraina droni yo‘q qilindi — Rossiya Mudofaa vazirligi

Bir kechada 275 ta Ukraina droni yo‘q qilindi — Rossiya Mudofaa vazirligi

Bir hafta davomida 6 808 ta Ukraina dronini yo‘q qilingan.

Bir soatdan kam davom etgan bo‘ron shaharchani vayron qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Bir soatdan kam davom etgan bo‘ron shaharchani vayron qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Ma’lum qilinishicha, 8 mingga yaqin uy qisman yoki to‘liq vayron bo‘lgan.

Yevropa Ittifoqidan Ukrainaga rekord yordam: 7,9 mlrd yevro ajratildi

Yevropa Ittifoqidan Ukrainaga rekord yordam: 7,9 mlrd yevro ajratildi

Mablag‘ 20 dan ortiq islohot choralarini amalga oshirish sharti bilan ajratilgan.

Ukraina taqdiri Zelenskiysiz hal etilmaydi — Tramp

Ukraina taqdiri Zelenskiysiz hal etilmaydi — Tramp

AQSh prezidenti mojaro bo‘yicha yakuniy qaror Ukraina prezidenti bilan kelishmasdan qabul qilinmasligini aytdi.

Peruda 6,7 magnitudali zilzila: yer silkinishi Kolumbiyada ham sezildi

Peruda 6,7 magnitudali zilzila: yer silkinishi Kolumbiyada ham sezildi

Hududlarda aholi xavfsizlik maqsadida uylarini tark etgan.