TikTok dunyodagi eng ko‘p yuklangan ilovaga aylandi
BBC maʼlumotlariga ko‘ra, TikTok 2020 yilda dunyodagi eng ko‘p yuklangan dasturga aylandi.


Raqamli analitik firma App Annie maʼlumotlariga ko‘ra, u yuklashlar soni bo‘yicha Facebook Messenger‘ni ham ortda qoldirdi.
TikTok 2018 yilning yozida ishga tushirilgan va Pekindagi ByteDance kompaniyasiga tegishli bo‘lgan qisqa videolarni yaratish va ko‘rish bo‘yicha Xitoy xizmati bo‘lgan. Ilovadan 150 mamlakatdan 1 milliarddan ortiq foydalanuvchi foydalanadi.
Nikkei maʼlumotlariga ko‘ra, yilning eng ko‘p yuklab olingan ilovalari:
1. TikTok (Xitoy)
2. Facebook (AQSH)
3. WhatsApp (AQSH)
4. Instagram (AQSH)
5. Facebook Messenger (AQSH)
6. Snapchat (AQSH)
7. Telegram (Rossiya)
8. Likee (Xitoy)
9. Pinterest (AQSH)
10. Twitter (AQSH)







