“Windows 11 hamma uchun ishlab chiqarilgan” – Microsoft
Bir necha kun oldin “Windows Insider” dasturi aʼzolari o‘rnatishi mumkin bo‘lgan Windows 11ning birinchi ommaviy beta versiyasini chiqarishdi.

Bundan ko‘pchilik cho‘chishi mumkin, lekin bu dasturda ro‘yxatdan o‘tish va Windows 11ni yuklab olish juda tez.
Buni qanday amalga oshirishni qadamba-qadam o‘rgatamiz:
-
Windows Insider saytini oching va “Testirovat seychas” havolasini toping.
-
Siz Microsoft hisob qaydnomangiz (uchetnuyu zapis)ga kirishingiz kerak bo‘ladi. Agar u yo‘q bo‘lsa, darhol yangi hisob yaratishingiz mumkin.
-
Tizimga kirgandan so‘ng, Windows Insider deb nomlangan “Windows Insider dasturi”da ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tish tugagandan so‘ng, “Pristupit k testirovaniyu” havolasi paydo bo‘ladi.
-
“Sinov” bo‘limida sizdan foydalanuvchining Windows‘ni litsenziyalangan versiyasi o‘rnatilganligiga va kerakli tilni qo‘llab-quvvatlanishiga ishonch hosil qilish so‘raladi.
-
Keyin siz Windows 10 sozlamalariga o‘tishingiz kerak bo‘ladi – “Parametri — Obnovleniya i bezopasnost — Programma predvaritelnoy otsenki Windows”, “Nachat” tugmasini bosing va “Vibor uchetnoy zapisi dlya nachala raboti” bo‘limida “+” tugmasini bosing.
-
Ko‘rsatmalarga amal qilib, yuklab olish uchun “Beta-kanal”ni tanlashingiz kerak bo‘ladi – umumiy beta -versiyalar ishlab chiquvchilar versiyalariga qaraganda ancha barqaror.
-
Buning ortidan, “Perezapustit seychas” tugmasini bosish orqali tizimni qayta ishga tushirishingiz kerak bo‘ladi.
-
Qayta ishga tushirilgandan so‘ng, “Parametri — Obnovleniye i bezopasnost — Sentr obnovleniya Windows” bo‘limini ochish va “Proverit nalichiye obnovleniy” tugmasini bosish kerak bo‘ladi. Windows 11ning yangi versiyasi oddiy kichik yangilanishlar singari o‘rnatiladi.







