Apple iPhone‘da qanchagacha taqiqlangan fotosuratlarni saqlashga “ruxsat” beradi?
Apple iPhone‘da qanchagacha taqiqlangan fotosuratlarni saqlashga “ruxsat” beradi?

Avvalroq, Apple foydalanuvchi hisobini blokirovka qilishdan va u haqidagi maʼlumotlarni huquqni muhofaza qilish organlariga o‘tkazishdan oldin tizim qancha taqiqlangan tasvirlarni aniqlashi kerakligini oshkor qilmagan edi. Reuters agentligining yangi maʼlumotlariga ko‘ra, ularning soni kamida 30tani tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Apple bolalarga nisbatan zo‘ravonlik tekshiruvi faqat iCloud‘ga yuklangan rasmlar uchun ishlaydi. Aslida, bu shuni anglatadiki, agar foydalanuvchi fotosuratlarni bulut (havoda saqlanuvchi xotira)ga yuklashni faollashtirmagan bo‘lsa, unda uning qurilmasidagi yangi variant ishlamaydi.
Maxfiylik himoyachilari va xavfsizlik bo‘yicha baʼzi tadqiqotchilarni Apple‘ning yangi funksiyani joriy etish qarori g‘azablantirdi. Ular bu texnologiya faqat bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni aniqlash uchun emas, balki kuzatuv yoki davlat senzurasi uchun ishlatilishi mumkinligini taʼkidlashdi.








