Prezident grantini olishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxati e'lon qilindi
Prezident grantini olishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxati e'lon qilindi, o‘tish balli — 185,85


DTM e'lon qilgan natijalarga ko‘ra, prezident grantiga 233 nafar abituriyent da'vogarlik qilyapti. 185-o‘rindan 233-o‘ringacha abituriyentlar bir xil 185,85 ball to‘plagan.
Ya'ni 185-o‘rindan boshlab bitta o‘ringa 48 nafar o‘quvchi to‘g‘ri kelyapti. Natijalar sog‘lig‘i tufayli testga kirolmagan abituriyentlar qayta test topshirganidan keyin o‘zgarishi mumkin.







