Endi bevosita Facebook orqali qoʻngʻiroq qilish imkoniyati paydo boʻladi
Endi bevosita Facebook orqali qoʻngʻiroq qilish imkoniyati paydo boʻladi.


Facebook ijtimoiy tarmogʻi asosiy dasturi orqali audio va videoqoʻngʻiroqlarni amalga oshirish imkoniyatini sinovdan oʻtkazmoqda. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar qilmoqda.
Taʼkidlanishicha, foydalanuvchilar oldin faqat Messenger nomli alohida dastur orqali xabar yubora olishardi. Yangi imkoniyat asosiy dastur va Messenger orasidagi tanlov ehtiyojini kamaytiradi.
Aslida Messenger ilovasi ham Facebook asosiy dasturi ichida boʻlgan, ammo kompaniya 7 yil ilgari ularni ikkiga boʻlishi oqibatida foydalanuvchilar yana bir dasturni yuklab olishlariga toʻgʻri kelgan.
Sharofat Mahmudova







