Jahon

Afg‘oniston chuqur gumanitar inqiroz yoqasida turibdi

BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi hisobotiga ko‘ra, Afg‘onistonda hozirda 14 million aholiga ochlik xavf solmoqda.

Afg‘oniston chuqur gumanitar inqiroz yoqasida turibdi

 

 

Afg‘onistonda harbiy-siyosiy vaziyatning keskinlashuvi chuqur gumanitar inqirozni keltirib chiqarishi mumkin. “Tolibon” hokimiyatga kelganidan so‘ng mamlakatga ajratilayotgan moliyaviy resurslar  to‘xtab qoldi. Masalan, Yevropa Ittifoqi 1 milliard yevro miqdoridagi mablag‘ni muzlatib qo‘ydi, Jahon Banki  yordam pullari berishni to‘xtatganini maʼlum qildi.  AQSH  Afg‘onistonga dollar jo‘natishni taqiqladi. Shuningdek, Vashington Kobulning Amerika banklaridagi zahiralarini  muzlatib qo‘ydi.

 

Mablag‘lar ajratilishi to‘xtashi ikki xil holatni yuzaga keltirdi. Bir tomondan bu tolibonni katta moliyaviy vositalardan mahrum  qildi. Ikkinchi tarafdan aksincha gumanitar vaziyatni og‘irlashtirdi.“Mamlakatda gumanitar halokatning barcha belgilari mavjud”, dedi BMT maxsus vakili Tomas Firbi. Hozirda Afg‘onistonda taʼlim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va taʼminot masalasida katta muammo vujudga kelgan.

 

Masalan, 2021 yilda qurolli to‘qnashuvlar tufayli 550 ming kishi  yashash joyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Ularning 70 foizi may-avgust oylarida qochqinga aylangan. Bundan tashqari, qurg‘oqchilik tufayli 3 million afg‘onistonlik aziyat chekmoqda.  Baʼzi viloyatlarda, aksincha, suv toshqinlari oqibatida 28 ming nafar fuqaro qiyinchiliklarga duch kelgan.  

 

Yuqoridagi omillar, pirovardida, oziq-ovqat yetishmovchiligini  keltirib chiqarmoqda. Masalan, hozirda 9 yarim million afg‘onistonlik to‘yib ovqatlanmaydi. BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi hisobotiga ko‘ra, Afg‘onistonda hozirda 14 million aholiga ochlik xavf solmoqda. YUNISEF bu yil mamlakatda 1 million bola ochlikdan halok bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan. Butunjahon oziq-ovqat dasturi  vaziyatni biroz bo‘lsa-da yumshatish maqsadida  homiylardan qo‘shimcha 200 million dollar ajratishni so‘ragan.

 

“Covid-19” bilan bog‘liq vaziyat butunlay izdan chiqqan. Hozirda Afg‘onistonda 150 ming koronavirus holati aniqlangan. Mamlakatda PSR-testlar va shaxsiy himoya vositalari yetishmaydi. JSST  maʼlumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda dori-darmon zahiralari bir haftaga yetadi.

 

Bularning bari misli ko‘rilmagan gumanitar inqirozdan darak beradi. BMT  dunyo mamlakatlaridan Afg‘onistonga yordamni ko‘paytirishni so‘radi. Hozirda baʼzi davlatlar bunga rozilik bildirgan. Xususan, Germaniya afg‘on  qochqinlariga 100 million yevro ajratadi. Yevropa Ittifoqi ham gumanitar yordamni 4 baravarga oshiradi va u 200 million yevroni tashkil etadi.

 

Ammo bu mablag‘lar  vaziyatni tubdan o‘zgartira olmaydi. Buning uchun “Tolibon” tinch taraqqiyot yo‘liga o‘tishi shart. Shunda ajratilgan yordam pullari harbiy maqsadlarga sarflanmasligiga kafolat bo‘ladi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"