Madaniyat

“Xalqlar do‘stligi saroyi” hududidagi reklama bannerlari olib tashlandi

Mazkur madaniy meros obyektida reklama bannerlari hech qanday ruxsatsiz, o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgani aniqlangan.

“Xalqlar do‘stligi saroyi” hududidagi reklama bannerlari olib tashlandi

Madaniy meros agentligi barcha davlat idoralari hamda tadbirkorlarni madaniy meros obyektlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirdi hamda “Xalqlar do‘stligi saroyi” hududidagi reklama bannerlari olib tashlanganini ma'lum qildi.

 

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 14-aprel kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasida joylashgan “Xalqlar do‘stligi saroyi” hududida monitoring ishlari o‘tkazilib, unda Madaniy meros agentligi va uning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etgan.

 

O‘rganishlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida olib borilgan. Natijada mazkur madaniy meros obyektida reklama bannerlari hech qanday ruxsatsiz, o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgani aniqlangan.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 26-moddasida tashqi reklama va axborot obyektlariga (konstruksiyalariga) doir asosiy talablar belgilangan. Unga ko‘ra, moddiy madaniy meros obyektlarida tashqi reklamani joylashtirish taqiqlanadi. Holat yuzasidan noqonuniy bannerlar zudlik bilan olib tashlandi hamda mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ogohlantirish berilgan.

 

Agentlik bunday holatlar madaniy merosga zarar yetkazishi mumkinligini ta’kidlab, barcha tashkilot va tadbirkorlarni belgilangan tartiblarga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

custom img

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

custom img

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

custom img

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sanʼati, taʼlimi va industriyasi sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

custom img

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Aktyor mukofotga “Kazbek” filmidagi bosh roli uchun sazovor bo‘lgan.

custom img

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Yig‘ilishda sohadagi kamchiliklar tanqid qilinib, yil yakuniga qadar namunali ko‘rsatkichlarga erishish vazifasi belgilandi.

custom img

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

Iskandar Makedonskiy va Roksana tarixiga bag‘ishlangan qo‘shma badiiy film yaratish tashabbusi ilgari surildi.

custom img

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Tadbir ikki qardosh xalq madaniyatini o‘zaro targ‘ib etish hamda do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shgan madaniy voqea sifatida baholandi.

custom img

Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Minsk shahridagi “Pobeda” kinoteatrida “O‘zbek kinosi kunlari” tantanali ravishda ochildi. O‘zbek filmlari belarus tomoshabinlariga namoyish etilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"