Ilm-fan

O‘qituvchi izlanuvchan va tashabbuskor bo‘lsa, o‘quvchilar bilimli, aql-zakovatli bo‘ladi

Ustoz bergan ta’limdan, shu bilan birga, uning maslahat va o‘gitlariga amal qilib, ko‘plab yutuqlarga erishayotgan yoshlar talaygina.

O‘qituvchi izlanuvchan va tashabbuskor bo‘lsa, o‘quvchilar bilimli, aql-zakovatli bo‘ladi

 


Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 48-sonli umumta’lim maktabining o‘quvchilari ham olgan bilimlarini oqlab, ko‘zlagan marralariga erishmoqda. Xususan, maktabning 7 sinf o‘quvchisi Omadbek Odilov “Toshkent yoshlar forumi – 2020” tadbirining zakovat turnirida faol ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan yoshlardan. Omadbek Toshkent shahar hokimining qimmatbaho sovg‘asi va diplomi bilan taqdirlandi. Uning bu yutug‘idan ota-onasi, ustozlari, tengdoshlari, butun maktab jamoasi birdek quvondi.

 

Shuningdek, 2020/2021 o‘quv yilida fan olimpiadasida fransuz tilidan J.Abdug‘aniyev va A.Tillayevlar shahar bosqichida faxrli o‘rinlarni egalladi. Bunda albatta, fan o‘qituvchisi Xalq ta’limi a’lochisi Alla Nabokinaning xizmati katta. Darhaqiqat, o‘quvchining yutug‘i va yuksalishida, albatta, ustozning zaxmatli mehnati katta.

 

Zero Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularni barkamol voyaga yetkazishda ustoz-murabbiyning o‘rnini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Zahmatkash kasb egalari o‘g‘il-qizlarimizning dunyoni anglashiga ko‘mak berish, ularni ilmu fan olamiga olib kirishdek ulug‘ vazifani sharaf bilan ado etib kelmoqdalar.”

 

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 5 ta muhim tashabbus doirasida ta’lim maskanida adabiyot, sport, texnologiya kabi fanlardan tashkil etilgan to‘garaklar fan o‘qituvchilari tomonidan muntazam yo‘lga qo‘yilgan. Ular bu yo‘nalishlar bo‘yicha ham ko‘plab marralarni zabt etishmoqda. Xususan, sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Samira Ahmedova hamda maktabning basketbol jamoasi erishayotgan yutuqlari, shular jumlasidan. Shuningdek, Asila Aralova adabiyot yo‘nalishida tumanda insholar tanlovida faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

 

Ushbu maktab o‘qituvchilarining 4 nafari Xalq ta’limi a’lochisi, 16 nafari Oliy toifali ega. 14 nafari esa Ikkinchi toifali, bir nafari PHD matematika o‘qituvchisi unvoniga ega.