Ilm-fan

Maktablarda yangi o‘quv yili to‘liq anʼanaviy shaklda boshlanadi,vaqtincha yopilgan maktablar uchun teledarslar yo‘lga qo‘yiladi

Xalq taʼlimi vazirligi 6-sentyabrdan darslar to‘liq anʼanaviy tarzda boshlanishini maʼlum qiladi.

Maktablarda yangi o‘quv yili to‘liq anʼanaviy shaklda boshlanadi,vaqtincha yopilgan maktablar uchun teledarslar yo‘lga qo‘yiladi

 

Faqat quyidagi holatlar bolani vaqtincha taʼlim jarayoniga masofadan jalb etilishiga sabab bo‘lishi mumkin:

 

1.O‘zi yoki oila aʼzolaridan biri COVID bo‘lib vaqtincha davolanishda bo‘lgan o‘quvchilar uchun;

2. O‘quv yili davomida o‘qituvchi yoki o‘quvchilar orasida COVID aniqlanib, vaqtinchalik karantinga olingan sinf yoki maktablar uchun;

3. Vaqtincha boshqa joyda o‘qishni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan maktablarning o‘quvchilari onlayn taʼlim olishlari mumkin.

 

Bunday o‘quvchilar uchun parallel ravishda darslar MTRK telekanallari orqali “Onlayn maktab” loyihasi doirasida berib boriladi.

Maktablarda yangi o‘quv yili to‘liq anʼanaviy shaklda boshlanadi,vaqtincha yopilgan maktablar uchun teledarslar yo‘lga qo‘yiladi | Zamon.uz