Ilm-fan

Xorazm va Qoraqalpog‘istondagi 2 ta maktab bitiruvchilarining barchasi talaba bo‘ldi

Talaba uchun eng baxtli onlardan biri bu — hujjat topshirgan grant dasturidan shaxsiy elektron manzilga «Tabriklaymiz, Siz grant sohibi bo‘ldingiz!», degan maktubni olish bo‘lsa kerak.

Xorazm va Qoraqalpog‘istondagi 2 ta maktab bitiruvchilarining barchasi talaba bo‘ldi

 

Bu quvonchli onlar nafaqat talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yigit-qiz, balki ularning ota-onasi, yaqinlari va ustozlari uchun ham birdek yoqimli lahzalarni tuhfa etadi.

 

Ayniqsa, maktab bitiruvchilarining barchasiga talabalik baxtining nasib etgani kamdan-kam uchraydigan holat. Xorazm va Qoraqalpog‘istondagi 2 ta maktab bitiruvchilari esa ana shu baxtga sazovor bo‘ldi.

 

Xususan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani Tagan qishlog‘idagi 28-maktab, Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumani 56-sonli maktab Texnologiya yo‘nalishidagi variativ sinflarning 11-“b” sinf bitiruvchilari 100 foizlik natija bilan talabalikka qabul qilindi.

 

Shuningdek, Amudaryo tumanidagi 40-maktab variativ sinfining 27 nafar bitiruvchisidan 24 nafari talabalikka qabul qilingan. Ulardan 8 nafari davlat granti, 17 nafari to‘lov shartnoma asosida o‘qishga kirgan. Bu 93 foizlik natija.

 

Qo‘ng‘irot tumani 2-sonli maktabdagi Texnologiya yo‘nalishi bo‘yicha variativ sinfda 31 bitiruvchidan 27 nafari (87 foizi) talaba bo‘lgan.

 

Amudaryo tumani 56-sonli maktab Texnologiya yo‘nalishidagi variativ sinflarning 11-“v” sinf 88 foizlik, jami 94 foiz o‘quvchilar OTMga o‘qishga kirgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, test javoblarining chiqishi aniq bo‘lgani hamda mandat natijalarini qanday bilish mumkinligi haqida xabar berilgandi

Xorazm va Qoraqalpog‘istondagi 2 ta maktab bitiruvchilarining barchasi talaba bo‘ldi | Zamon.uz