Hi-Tech

Oddiy odamlar insoniyat tarixida birinchi marta kosmosga chiqib, sayyohlik parvozini amalga oshirmoqda

“SpaceX” bosh direktori Ilon Mask  kosmosga birinchi sayyohlik parvozi qanday amalga oshirilgani haqida gapirdi. Bu haqda u Twitter sahifasida maʼlum qilgan.

Oddiy odamlar insoniyat tarixida birinchi marta kosmosga chiqib, sayyohlik parvozini amalga oshirmoqda

 

 

"Men “Inspiration4” ekipaji bilan hozirgina gaplashdim. Ularning ahvoli yaxshi", deb yozgan Mask.

 

Maʼlumki, ekipaj orbitaga ko‘tarilgandan so‘ng Yer sayyorasini 15 martadan ko‘p aylanib chiqqan.

 

Eclatib o‘tamiz, 16 sentyabr kuni Amerikaning “SpaceX” kompaniyasi “Inspiration4” missiyasini amalga oshirdi. Oddiy odamlar insoniyat tarixida birinchi marta kosmosga chiqib, sayyohlik parvozini amalga oshirmoqda. Ular  taxminan uch kundan keyin Yerga qaytadi.

 

 “Inspiration4” ekipaji tadbirkor va missiya tashabbuskori Jared Isaacman, tadqiqotchi Sian Proktor, shifokor Xeyli Arseno va muhandis Kris Sembroskidan iborat. Eng hayratlanarlisi, ularning hech biri professional kosmonavt emas.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Oddiy odamlar insoniyat tarixida birinchi marta kosmosga chiqib, sayyohlik parvozini amalga oshirmoqda | Zamon.uz