Afg‘onistonda yana bir jangari tashkilot tuzildi (video)
Afg‘onistonda yangi jangari tashkilot tuzildi, deb xabar berdi Afg‘onistonning “Aamaj News" nashri.

"Hazoristonning nomaʼlum askarlari" fronti vakillari Afg‘onistonning hazoralar yashaydigan barcha hududlarida jang qilish niyatida ekanligini eʼlon qiladi.
Guruh “Tolibon” hamda "Islomiy davlat"ga qarshi kurashishga tayyor ekanini bildirdi. Maʼlumki, toliblar hazoralarni o‘z yerlaridan quvib chiqargani va ularning ayrim harakatlari shafqatsizlarcha bostirilgani haqida maʼlumotlar tarqalgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda qatl etish holatlari tasvirlangan videolar paydo bo‘lgandi.
Bundan avval Afg‘onistonning Qandahor shahridagi terakt oqibatida 25 kishi halok bo‘lgani, Mulla Barodar Afg‘onistonda xorijiy davlatlar elchixonalarini ochishga chaqirgani hamda AQSHning Afg‘oniston qo‘shnilari bilan muzokara olib borayotgani xabar qilingandi.
Nasiba To‘xtayeva







