NASA kosmosdan tropik bo‘ronlarni nazorat qilmoqchi
Ushbu loyiha turli tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi.

NASA 2027 yilda tropik bo‘ronlar va chaqmoqlarni o‘rganish uchun kosmosga uchta sunʼiy yo‘ldosh uchirmoqchi. Bu haqda tashkilot rahbari Bill Nelson maʼlum qildi.
“Men NASA‘ning yangi ilmiy missiyasi haqida maʼlumot berishdan xursandman. Loyiha INCUS (Investigation of Convective Updrafts) deb ataladi. Bu uchta ichik sunʼiy yo‘ldoshni o‘z ichiga oladi. Ular 2027 yilda kosmosga uchiriladi va tropik bo‘ronlarni, xususan, ularning ob-havoga va iqlimga taʼsirini o‘rganadi”,– degan Nelson.
Uning qo‘shimcha, qilishicha, ushbu loyiha turli tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi.
Avvalroq Jef Bezos tijoriy kosmik stansiya qurmoqchi ekanligi hamda NASA sayyoradagi yong‘inlar xaritasini tuzgani haqida xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev







