O'zbekiston

O‘zbekiston sayyohlik sanoatini rivojlantirish istiqbollari — Belgiya OAV eʼtiborida

O‘zbekistonning ming yillar davomida saqlanib kelayotgan qadim tarixi, shaharlari va turistik jozibadorligi eʼtirof etilgan.

O‘zbekiston sayyohlik sanoatini rivojlantirish istiqbollari — Belgiya OAV eʼtiborida

 

Belgiya portaliga ko‘ra, keyingi yillarda turizm industriyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri - bu sayyohlik zonalari va dam olish maskanlarini bunyod etishdir. Xususan, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani, Jizzax viloyatining Zomin tumani, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida sayyohlik zonalari tashkil etilmoqda. Shuningdek, Aydar-Arnasoy ko‘llari atrofida dam olish, plyaj va suv turizmi uchun zamonaviy majmuani yaratish rejalashtirilmoqda.

 

Belgiyaning "Travel Tomorrow" axborot portali veb-saytida "2021 va undan keyingi yillarda O‘zbekistonda turizm" sarlavhali maqola eʼlon qilindi.

 

 “Turizm O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining strategik sohalaridan biriga aylandi. Markaziy Osiyo mintaqasidagi ushbu mamlakatga 2016-yil 2,1 million mehmon kelgan bo‘lsa, pandemiya oldidan, yaʼni 2019-yil 6,7 million sayyoh tashrif buyurgan”, — deyiladi nashrda.

 

Maqolada koronavirus pandemiyasining taʼsiri oqibatida 2020-yil yurtimizga 1,5 millionga yaqin sayyoh kelgani qayd etilgan. Bundan tashqari, sayyohlik sohasidagi xizmat ko‘rsatish eksporti 260 million dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatgich 2019 yilda erishilgan natijaning 20 foiziga teng bo‘lgani ham alohida taʼkidlagangan.

 

 Maqolada O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning pandemiya va undan keyingi davrda milliy turizm sanoatini qayta tiklash haqidagi fikrlari ham o‘rin olgan:

 

"COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini yumshatish va pandemiyadan keyingi davrda sayyohlik oqimini tiklash uchun mamlakatda turizmni yana-da rivojlantirish va tiklash orqali turizm biznesini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. Prezident va hukumat qarorlarida turizm sohasi uchun qator imtiyoz va preferensiyalar ko‘zda tutilgan".

 

Avvalroq O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati Belgiya jamoatchiligi diqqat markazida bo‘lgani, Samarqand UNWTO Bosh Assambleyasini o‘tkazish uchun nomzod sifatida ko‘rsatilgani hamda "THE NEW YORK TIMES" gazetasining sahifalarida Samarqandning sayyohlik salohiyati yoritilishi haqida xabar berilgandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston sayyohlik sanoatini rivojlantirish istiqbollari — Belgiya OAV eʼtiborida | Zamon.uz