Hi-Tech

Rossiya olimlari qo‘zg‘olonlarni tarqatish uchun “toshbaqa” robotini ixtiro qilishdi

Robotda 2 ta modifikatsiya mavjud bo‘lib, tashqi tomondan mayda va kesuvchi zirhlar bilan himoyalangan.

Rossiya olimlari qo‘zg‘olonlarni tarqatish uchun “toshbaqa” robotini ixtiro qilishdi

 

Rossiya Fanlar akademiyasining “Kabardin-Balkar” ilmiy markazi olimlari Rossiya mudofaasi uchun ko‘chadagi tartibsizliklarni bostirishga qodir bo‘lgan va elektr shok to‘pponchasi, to‘r uloqtirgichlar bilan qurollangan “toshbaqa” roboti loyihasini  taklif qilishdi.

 

Mazkur ixtironing asosiy xususiyatlaridan biri uning ixchamligi,  videokuzatuv va yuzni tanib olish tizimi bilan jihozlanganida.

 

Robot soatiga 50-60 kilometr tezlikda harakatlana oladi. 

 

Robot ixtirochilari g‘oyasi bo‘yicha, robot guruh bo‘lib yoki yakka holda miting o‘tkazayotgan odamlar oldiga boradi va megafon orqali noqonuniy harakatlarni bas qilishni hamda tarqalishni so‘raydi.

 

Bo‘ysunmaslik hamda qochishga urinish holatlarida robot qochoqni ortidan yetib oladi va to‘r yoki tez qotuvchan ko‘pik otish orqali to‘xtatadi.

 

Mualliflar taqdim etgan maʼlumotlarga ko‘ra, robot inson tanasi bilan solishtirganda, bel qismigacha ko‘tarila oladi.

 

Bundan tashqari, robot uning mexanizmlari va hatto kuzatilgan shassi elementlariga kirish, tegish imkoniga faqatgina himoyalangan parol orqali maʼlumot beradi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Xitoyda uchar avtomobil taqdim etilgani hamda Yaponiyada ucharvelosiped (bayk) yaratilgani haqida xabar berilgandi.   Shuningdek, amerikalik milliarder Jef Bezos New Shepard havo kemasining parvoziga oid yangi videoni taqdim etgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"