Sport

Ronalduga qarshi intizomiy ish boshlandi: mumkin bo'lgan jazo ma'lum bo'ldi

Futbolchining o‘zi ham federatsiya belgilaydigan jazoni qabul qilishga tayyorligini bildirgan.

Ronalduga qarshi intizomiy ish boshlandi: mumkin bo'lgan jazo ma'lum bo'ldi

 

Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasi yig‘inini tark etgani ortidan unga nisbatan intizomiy ish boshlandi. Futbolchi 1 oydan 6 oygacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

 

“A Bola” nashrining xabar berishicha, Portugaliya futbol federatsiyasining intizomiy reglamenti 160-moddasiga ko‘ra, terma jamoaga muntazam chaqiriladigan futbolchi mashg‘ulot, o‘yin yoki terma jamoa bilan bog‘liq boshqa tadbirni asossiz tark etsa, 1 oydan 6 oygacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Professional futbolchiga qo‘shimcha ravishda jarima ham qo‘llanadi.

 

Shuningdek, reglamentga ko‘ra, bunday holat futbolchining vaqtincha avtomatik diskvalifikatsiyasiga sabab bo‘ladi. Shu bois Ronaldu hozirning o‘zida Portugaliya terma jamoasi safida ishtirok etishdan chetlatilgan hisoblanadi. Yakuniy jazoni esa Portugaliya futbol federatsiyasining Intizom kengashi belgilaydi.

 

Ronaldu 30-sentyabr kuni Daniyada o‘tkazilgan terma jamoa yig‘inini tark etgan. U keyinchalik bu qarori uchun jamoadoshlari va portugaliyalik muxlislardan uzr so‘ragan hamda qilgan ishi uchun federatsiya belgilaydigan jazoni qabul qilishga tayyorligini bildirgan.

 

Futbolchi terma jamoadan ketishiga bosh murabbiy Xorxe Jezus bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab bo‘lganini aytgan. Ronaldu o‘z bayonotida murabbiy bilan o‘rtadagi ishonch buzilgani ortidan yig‘inni tark etishga qaror qilganini ma’lum qilgan.

 

Shu bilan birga, Ronaldu jazo muddati tugaganidan keyin Portugaliya terma jamoasiga qaytishga tayyorligini bildirgan.

U17-JCH: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi

U17-JCH: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi

Sergey Chigodayev shogirdlari o'yin yakuniga oz qolganda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborib bir ochkodan mahrum bo'ldi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

Uchrashuvda Sherzod Esanov dubl muallifiga aylandi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.