O'zbekiston

Toshkentda isitish tizimi qachon yoqiladi? — hokimlik izoh berdi

Hokimlik isitish tizimlarini ishga tushirishda amaldagi ob-havo sharoiti ham hisobga olinishini ma’lum qildi.

Toshkentda isitish tizimi qachon yoqiladi? — hokimlik izoh berdi

 

Toshkent shahar hokimligi isitish mavsumi qachon boshlanishiga izoh berdi. Belgilangan tartibga ko‘ra, isitish tizimlarini ishga tushirish uchun o‘rtacha sutkalik havo harorati ketma-ket besh kun davomida +8 darajadan past bo‘lishi kerak.

 

Hokimlik aholi havo sovishi bilan xonadonlarda harorat pasayishi va isitish mavsumi boshlanishini kutayotganini tushunishini bildirgan.

 

Shuningdek, isitish tizimlarini ishga tushirishda nafaqat belgilangan harorat mezoni, balki amaldagi ob-havo sharoiti ham hisobga olinishi ta’kidlandi. Havo keskin sovib ketgan taqdirda, tegishli qaror qabul qilish kechiktirilmaydi.

 

Ayni paytda Toshkent shahar hokimligi issiqlik tizimlarining mavsumga tayyorligini nazorat qilmoqda. Tayyorlov ishlari shahar xizmatlari va “Veolia Energy Tashkent” mutaxassislari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

 

Isitish tizimlarini ishga tushirish sanasi haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirilgan.

To‘y uchun qarzga botmaslik, yoshlarni giyohvandlikdan asrash: Jizzaxda media-tur o‘tkazildi

To‘y uchun qarzga botmaslik, yoshlarni giyohvandlikdan asrash: Jizzaxda media-tur o‘tkazildi

Unda isrofgarchilikning oldini olish, yoshlarni giyohvandlikdan himoya qilish va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Toshkentda havo sifati “nosog‘lom” darajada: bunga nima sabab bo‘ldi?

Toshkentda havo sifati “nosog‘lom” darajada: bunga nima sabab bo‘ldi?

Havo sifati maxsus komissiya tomonidan doimiy kuzatib borilmoqda.

Farg‘onada 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi kasalxonaga yotqizildi: oziq-ovqat namunalari tekshirilmoqda

Farg‘onada 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi kasalxonaga yotqizildi: oziq-ovqat namunalari tekshirilmoqda

Tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan yana 23 nafariga uyda davolanishga ruxsat berilgan.

1,4 ming tonna gaz qayerga ketgan? “Hududgazta’minot” talon-toroj holatlarini ma’lum qildi

1,4 ming tonna gaz qayerga ketgan? “Hududgazta’minot” talon-toroj holatlarini ma’lum qildi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida o‘tkazilgan tekshiruvlar yuzasidan 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Yo‘lovchilarning e’tirozlaridan so‘ng avtobuslardagi reklama ovozini me’yorlashtirish bo‘yicha choralar belgilandi.

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Jami 67 923 dona dori protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Energetika vazirligi isitish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ogohlantirish berdi.

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.