O'zbekiston

Abdulaziz Komilov Tojikistonga tashrif buyuradi

Uchrashuv kun tartibiga xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari ham kiritilgan.

Abdulaziz Komilov Tojikistonga tashrif buyuradi

 

 

Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 22-noyabr kuni vazir Abdulaziz Komilov “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” shaklidagi navbatdagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga tashrif buyuradi.

 

Qayd etilishicha, ushbu uchrashuvda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, YIning Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasini amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.

 

Shuningdek, o‘zaro munosabatlar istiqbollari hamda mintaqalararo hamkorlik samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan. 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHlik ekspert O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyat barqarorlashuvida muhim rol o‘ynashi mumkinligini aytgandi. Shuningdek, Abdulaziz Komilov Tehrondagi Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etgani, Saudiya Arabistoni Qirolligining Favqulodda va muxtor elchisini qabul qilgani hamda Germaniya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Abdulaziz Komilov Tojikistonga tashrif buyuradi | Zamon.uz