O'zbekiston

Abdulaziz Komilov YXHT Tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig‘ilishi ishtirok etdi

Unda YXHTning hamkor-mamlakati sanalgan Afg‘onistondagi vaziyatga alohida eʼtibor qaratildi.

Abdulaziz Komilov YXHT Tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig‘ilishi ishtirok etdi

 

 

Bugun, 2-dekabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Stokgolm shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari Kengashining 28-yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

 

Uchrashuvda YXHT makonida harbiy-siyosiy, iqtisodiy-ekologik va insoniy o‘lchovlardagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 

 

Taʼkidlanishicha, o‘zaro savdoni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, agrar sektorda yangi texnologiyalarni joriy etish, tabiatni muhofaza qilish va bioxilma-xillikni saqlash masalalaridagi aloqalarni faollashtirish bo‘yicha kelishilgan saʼy-harakatlarni amalga oshirish zarur.

 

Shuningdek, O‘zbekiston tomoni hamkorlikni davom ettirishga hamda barcha sohalar bo‘yicha dolzarb dasturlar sonini mutanosib ravishda oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv so‘ngida, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri ushbu mamlakatda gumanitar falokatning oldini olish uchun afg‘on xalqiga zarur yordam ko‘rsatish yuzasidan shoshilinch choralarni ko‘rishga chorladi.

 

 

Eslatib o‘tamiz, AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari Uendi Sherman O‘zbekiston rasmiylari bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilgandi.

 

Avvalroq Abdulaziz Komilov BMT maxsus maʼruzachisi Fionnuala Ni Aolayn bilan uchrashgani, Saudiya Arabistoni Qirolligining Favqulodda va muxtor elchisini qabul qilgani, Germaniya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazgani hamda Tehrondagi Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etgani haqida xabar berilgandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Abdulaziz Komilov YXHT Tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig‘ilishi ishtirok etdi | Zamon.uz