Hi-Tech

“Tesla” bolalar uchun eng xavfsiz “Cyberquad”ni sotuvga qo‘ydi

Mahsulotning yetkazib berish xizmati 4 hafta ichida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirlgan.

“Tesla” bolalar uchun eng xavfsiz “Cyberquad”ni sotuvga qo‘ydi

 

Amerikalik elektromobil ishlab chiqaruvchi “Tesla” kompaniyasi o‘z veb-saytida bolalar uchun yangi “ATV Cyberquad for Kids” sotuvini boshladi.

 

Ixtiro kompaniya tarkibidagi eng arzon mahsulotga aylandi - uning narxi 1900 AQSH dollarini tashkil qiladi  Shuninggdek, u Tesla elektromobillari singari, ATV  ham batareyada ishlaydi. Uning kattalar uchun versiyasi 2019 yilda eʼlon qilingan.Kompaniya ushbu mahsulotning savdo belgisini 2021 yil oktabr oyida ro‘yxatdan o‘tkazgan.

 

Mahsulot muallifi Ilon Mask bu ATV dunyodagi eng xavfsizi bo‘lishini bildirgan. 

 

Mahsulot “tarkibi” bir qismli po‘lat ramka, yostiqli o‘rindiq va orqa disk tormozlari bilan jihozlangan. Qurilma soatiga 16 kilometr tezlik ko‘rsatkichiga ega. Akkumulyator esa 24 kilometr quvvat zaxirasini taʼminlaydi.  Foydalanuvchi 3 ta tezlik rejimida harakatlanish mumkin.

 

“Cyberquad”ning batareyasi to‘liq quvvatlanishi uchun taxminan 5 soat kerak bo‘ldai. Uning ishlash muddati haydovchiningvazniga, haydash sharoitlariga va tezlikni sozlashga bog‘liq.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tesla” kompaniyasi  noodatiy “kiberhushtak”ni taqdim etgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"