0

Yirik IT-kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi mumkin

AKT vaziri "Astana Hub" texnoparki faoliyati bilan tanishdi.

Yirik IT-kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi mumkin

 

Bugun, 4-dekabr kuni Nur-Sulton shahriga tashrif bilan kelgan Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegasiya Markaziy Osiyodagi eng yirik xalqaro texnoparklardan biri – "Astana Hub" faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 

Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, startap-industriyani rivojlantirish doirasidagi masalalar muhokama qilindi.

 

Delegasiya a’zolari Qozog‘istonning Datanomix, ConnectedHHome, Oquda va iMAS kabi IT-kompaniyalari bilan tanishdi. Tomonlar hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini bildirib, O‘zbekiston va Qozog‘iston IT-kompaniyalarining ikki davlat bozoriga kirishi masalasini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

 

AKT vaziri Sh.Shermatov "Astana Hub" faoliyati, "42-maktab" dasturi konsepsiyasi, shuningdek, kovorking markazlari faoliyati bilan batafsil tanishdi.

 

Javohirbek Tursunov

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Yirik IT-kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi mumkin