Hi-Tech

TikTok O’zbekistonga qaytmoqda..

Komil Allamjonov platformani foydali resursga aylantirish taklifi bilan chiqib, bu bo’yicha Teo Bertram bilan suhbatlashdi.

TikTok O’zbekistonga qaytmoqda..

 

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashining raisi Komil Allamjonov Teo Bertram bilan uchrashdi. Uchrashuvdan so‘ng Komil Allamjonov quydagi fikrlarni bildirib o‘tgan:

 

“Tik-Tok — zararli bo‘lsa uni foydali resursga aylantirish lozim. Shu va bunga o‘xshash kompaniyalar faoliyatini cheklash emas, balki ular bilan yaqindan muloqot, hamkorlik o‘rnatgan holda ishlash hamma uchun ko‘proq manfaatli va to‘g‘riroq bo‘ladi deb o‘ylayman. Aynan shu maqsadda bugun TikTok kompaniyasining vise-prezidenti doktor Teo Bertram va kompaniyaning mas’ul xodimlari bilan juda samarali onlayn uchrashuv o‘tkazdik.

 

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildik. Tik-Tok vakillariga tarmoqning ichki normalari va ayrim tartib-qoidalarini ko‘rib chiqish, uni O‘zbekiston qadriyatlari, urf-odatlar va mentalitetimizga moslash bo‘yicha takliflar berdim. Ular tomonidan bu taklif albatta inobatga olinishi, bu borada hamkorlik, shu bilan birga o‘zbek tilini ham kiritishga tayyor ekanliklari ma’lum qilindi”.

 

TikTok O’zbekistonga qaytmoqda.. | Zamon.uz