0

Xitoyda raqamli “prokuror” ixtiro qilindi

Xitoylik olimlar prokurorlarning ishini yengillashtirishga yordam beradigan raqamli tizimni yaratdi.

Xitoyda  raqamli “prokuror” ixtiro qilindi

 

Sunʼiy intellekt ishning og‘zaki bayoni asosida ayblov xulosasini 97 foiz aniqlik bilan taqdim etishi mumkin.

 

Qurilma Shanxayning Pudun tumani prokuraturasida sinovdan o‘tkazilgan. Olimlar yangi ixtiro prokurorlarning kundalik ishlarini yengillashtirish, ularning eʼtiborini nisbatan murakkab masalalarga qaratish uchun imkon yaratishiga umid qilmoqdalar.

 

Tizim yaqin kelajakda ayblov xulosalarini taqdim etishda prokurorlar o‘rnini egallashi kutilmoqda. 

 

Sunʼiy intellekt 2015 yildan 2020 yilgacha ko‘rib chiqilgan 17 mingta ish asosida qaror chiqarishga o‘rgatilgan.

 

Ayni vaqtda sunʼiy intellekt kredit kartalari bilan bog‘liq tovlamachilik, qimor, haydovchilar tomonidan qonun buzilishi holatlari, qasddan tan jarohati yetkazish, o‘g‘rilik, tovlamachilik kabi holatlarga nisbatan ayblov xulosalarini taqdim etgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyada COVID-19 zarralari bilan aloqa qilganda  nur sochuvchi niqob yaratilgani hamda Yaponiyalik olimlar odam organizmidagi qarish jarayonini sekinlashtiruvchi vaksinani sinovdan o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"