0

Koronavirus oqsili Xalqaro kosmik stansiyaga yuboriladi

Ilk namunalar 18 mart kuni “Soyuz MS-21” kemasida uchiriladi.

Koronavirus oqsili Xalqaro kosmik stansiyaga yuboriladi

 

"3D Bioprinting Solutions” kompaniyasi boshqaruvchisi Yusuf Husayniyning bergan maʼlumotiga ko‘ra namunalardan bir qancha tajribalar o‘tkaziladi.

 

Ilk namuna koronavirusning nukleokapsid oqsili bo‘ladi. Shuningdek mutahassisning aytishicha stansiyaga virusning o‘zi emas, uning kichik bir zarrasi yuboriladi.

 

Oqsil namunalari uch qatlamdan iborat bo‘lgan maxsus konteyner ichiga joylashtiriladi. Shu sabab ekipaj aʼzolari uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi.

 

Tajriba 8 kun davom etadi va unda virus oqsilining kristallari 3D-printeri yordamida tayyor holatga keltiriladi. Belgilangan vaqtdan so‘ng namunalar yerga qaytariladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"