0

To‘palang daryosidan yana bir noyob topilma chiqdi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi To‘palang daryosi o‘ng qirg‘og‘idan bronzadan quyma uslubda yasalgan ot haykalchasi topildi.

To‘palang daryosidan yana bir noyob topilma chiqdi

 

— Daryoning Alisher Navoiy nomli mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi qismidan ilgariroq Mirzo Ulug‘bek zarb ettirgan tangalar topilgani xabar qilingan edi, — deydi viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi masʼul xodimi Bekzod O‘raqov. — Ot haykalchasi ham ana shu yerdan topib olingan bo‘lib, u kelgusida hudud tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

 

Termiz arxeologiya muzeyiga topshirilgan ot haykalchasi mutaxassislar tomonidan chuqur o‘rganilib, dastlabki xulosa berildi

 

Mutaxassislarning aniqlashicha, 91,57 gramm o‘lchamga ega bronza ot haykalchasi To‘palang daryosi ichida Mirzo Ulug‘bek nomidan XV asrga oid tangalar bilan bir joydan topilgani uchun shu asr bilan davriylashtirildi. Kelgusida bu yerda olib boriladigan tadqiqot ishlari mazkur topilma sanasini yana-da oydinlashtiradi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"