Kamyob qora olmalar haqida eshitganmisiz?
Uning har bir donasi 7,4 dollar turadi.

Dunyoda olmaning 7,5 mingdan ortiq navlari mavjud bo'lib, ular orasida juda kam uchraydiganlari ham bor. Masalan, "Qora olmos" navi. Mazkur rangning siri nimada?
Bu o‘ziga xos iqlim sharoitlari bilan bog‘liq. Qora olma Tibet tog‘larida dengiz sathidan 3100 metr balandlikda joylashgan bog‘da o‘sadi. Nav maxsus payvandlash texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan.
"Qora olmos" navi g‘ayrioddiy rangga ega bo‘lgani tufayli uni Pekin, Shanxay, Guanchjou va Shenchjendagi elita supermarketlarda cheklangan miqdorda topish mumkin, har bir mevasi taxminan 7,4 dollar turadi.
Ushbu olmalar shirin va sershira bo'lib, foydali minerallar hamda mikroorganizmlarga boyligi bilan oddiy olmalardan deyarli farq qilmaydi.







