Siyosat

O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasida ikki kishi halok bo‘ldi

Shuningdek, chegara buzib oʻtganlarning 6 nafari yaralangan.

O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasida ikki kishi halok bo‘ldi

 

Bugun, 23-avgust kuni Afg‘oniston va O‘zbekiston Respublikasi maxsus xizmatlarining vakolatli vakillari o‘rtasida Davlat chegarasida vujudga kelgan vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Muzokarada 21-avgustda Afg‘oniston fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish bilan bog‘liq Payg‘ambar oroli (Surxondaryo viloyati) hududida yuz bergan hodisa muhokama qilingan. Har ikki tomondan ham mazkur hududda taranglikni yuzaga keltirgan ayrim qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etilgan.

 

“Hozirgi paytda hodisa yuzasidan puxta tekshiruvlar o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ikki nafar halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya bildiradi, olti nafar yaralanganlarga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, ushlangan shaxslarni o‘z vataniga qaytarishga tayyorlash jarayonlari yakunlanmoqda”, — deyiladi xabarda. 

 

Har ikki tomon tinchlik tarafdori ekanligini, barcha masalalar o‘zaro manfaatlarni hisobga olish va bir-biriga hurmat asosida hal etilishini tasdiqlagan.

 

custom img

O‘zbekiston va Serbiya Prezidentlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etdilar

Tadbirda ikki mamlakatning 200 nafardan ziyod rasmiy va ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.

custom img

O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

custom img

Belgradda Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston va Serbiya 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan sanoatda sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini qabul qildi.

custom img

Serbiyada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Marosimdan so'ng ikki davlat rahbarlari oliy darajadagi muzokaralarni boshladi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti sharafiga Serbiyada rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

Tashrif sharafiga “Kula Belgrad” binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va biznes-forum o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

Uchrashuvda bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, tizimni raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"