Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga tashrifi: “Al-Husayniya” saroyida rasmiy qabul bo‘lib o‘tdi
Unda ikki mamlakat delegatsiyalari va Iordaniya qirollik oilasi a’zolari ishtirok etdi.

Ammon shahridagi “Al-Husayniya” saroyida Shavkat Mirziyoyev sharafiga Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn tomonidan rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi.
Davlat rahbari va uning rafiqasi Iordaniya Podshohi hamda Malikasi tomonidan samimiy kutib olindi.
Yetakchilar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari bilan salomlashdilar. Marosimda davlat madhiyalari yangradi va delegatsiyalar ishtirokida birgalikda suratga tushildi.
Tadbirda Iordaniya qirollik oilasi a’zolari hamda yuqori martabali davlat arboblari ishtirok etdi.








