Siyosat

Iordaniya Podshohi Mirziyoyevga “Al Husayn ibn Ali” ordenini topshirdi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Abdulla II ibn al-Husaynni “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.

Iordaniya Podshohi Mirziyoyevga “Al Husayn ibn Ali” ordenini topshirdi

 


Ammon shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn rafiqalari ishtirokida tor doirada uchrashuv o‘tkazdi.



Uchrashuvda davlatimiz rahbari O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan alohida izzat-ikrom va eʼtibor uchun Iordaniya Podshohiga samimiy minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, so‘nggi yillarda Iordaniya erishayotgan yutuqlarni yuqori baholadi.



Oliy darajadagi tashrif arafasida tashkil etilgan tadbirlar ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.



Uchrashuv yakunida ikki davlat yetakchilarini oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.



Iordaniya Podshohi Abdulla II Shavkat Mirziyoyevga mamlakatning oliy davlat mukofoti — “Al Husayn ibn Ali” ordenini tantanali ravishda topshirdi.



O‘zbekiston Prezidenti ushbu mukofotni ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasining eʼtirofi, shuningdek, Iordaniya Podshohining o‘zbek xalqiga hurmati va mamlakatlararo munosabatlarni rivojlantirishga qaratayotgan eʼtiborining ramzi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.



O‘z navbatida, Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynni “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi. Mukofot unga O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi yaqin do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun berildi.



Taʼkidlanishicha, ushbu orden Iordaniya Podshohining ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish yo‘lidagi saʼy-harakatlariga O‘zbekiston xalqi va davlati tomonidan bildirilgan yuksak hurmat ifodasidir.



Abdulla II samimiy eʼtirof uchun O‘zbekiston Prezidentiga chuqur minnatdorlik bildirdi. U mukofotni nafaqat o‘ziga, balki butun Iordaniya xalqiga, ikki mamlakat o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va mustahkam hamkorlikka ko‘rsatilgan hurmat ramzi sifatida qabul qilishini aytdi.

Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat tashrifi: rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi

Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat tashrifi: rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi

Rasmiy marosimdan so‘ng O‘zbekiston va Iordaniya yetakchilari oliy darajadagi muzokaralarni boshladi.

Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga tashrifi: “Al-Husayniya” saroyida rasmiy qabul bo‘lib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga tashrifi: “Al-Husayniya” saroyida rasmiy qabul bo‘lib o‘tdi

Unda ikki mamlakat delegatsiyalari va Iordaniya qirollik oilasi a’zolari ishtirok etdi.

O‘zbekiston–Turkiya hamkorligi kengayadi: 2030-yilga borib 175 tonna oltin qazib olishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston–Turkiya hamkorligi kengayadi: 2030-yilga borib 175 tonna oltin qazib olishni rejalashtirmoqda

Turkiya kompaniyalari misni qayta ishlash, elektronika, transformatorlar va maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikka taklif etildi.

Buxoro turizmiga xalqaro brendlar jalb etilishi mumkin: Saida Mirziyoyeva uchrashuv o‘tkazdi

Buxoro turizmiga xalqaro brendlar jalb etilishi mumkin: Saida Mirziyoyeva uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tarixiy merosga ehtiyotkorona yondashadigan xalqaro brendlar bilan hamkorlik qilishga ochiq ekani ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev va O‘mon Sultoni Masqatda muzokara o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev va O‘mon Sultoni Masqatda muzokara o‘tkazdi

Ikki davlat rahbarlari oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi uchun “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish va Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida Masqat shahrida oliy darajadagi muzokaralar, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar va boshqa qo‘shma tadbirlar o‘tkaziladi.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.