Hi-Tech

"UzautoMotors" ilk milliy krossover sotuviga tayyorgarlik ko'rmoqda

Yaqin kunlarda Chevrolet Tracker xaridi boshlanishi maʻlum qilindi.

"UzautoMotors" ilk milliy krossover sotuviga tayyorgarlik ko'rmoqda

 

Sanoqli kunlardan so'ng O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan ilk milliy krossover Chevrolet Tracker avtomobili sotuvi boshlanadi. Shu munosabat bilan kompaniya avtomobil sotuvi boshlanishiga hozirlik ko’rmoqda.  

 

Avtomobil yarimavtomat to'xtash tizimi, LED yoritgichli kunduzgi chiroqlar, rangli 8 dyumli sensor displey Chevrolet MyLink, 6 dinamikli multimedia tizimi, koʻpfunksiyali rul, konditsioner, panoramali lyuk va orqa oyna istish tizimi, old va orqa oyna elektropodyomnik bilan jihozlangan. 

 

Ma'lumot o'rnida, Chevrolet Tracker-2023 avtomobili 6 ta xavfsizlik yostiqchalari, orqa koʻrinish kamerasi, shinalar bosimi monitoringi tizimi, barqarorlikni nazorat qilish tizimi (ESP), tormoz (ABS) tizimi, tepalikka ko’tarilishga yordam tizimi (HSA), orqa parktroniklar va bolalar o'rindig'i Isofix xavfsizlik texnologiyalariga ega. 

 

"30-avgustda sizlarni dilerlik markazlarimizda kutib qolamiz",- deyiladi "UzautoMotors" xabarida.