0

O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona “Innovatsion vaksinalar markazi" tashkil etiladi

Markazni Toshkent viloyatida tashkil qilish taklif etilmoqda.

O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona “Innovatsion vaksinalar markazi" tashkil etiladi

 

Innovatsion rivojlanish vaziri va “Luye Invetment Group Co.,Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda 2023-2028 yillarda umumiy qiymati 100 mln. dollarga teng bo‘lgan “Innovatsion vaksinalar markazi”ni tashkil etishi bo‘yicha Memorandum imzolandi.

 

“Innovatsion vaksinalar markazi” – Markaziy Osiyoda yagona to‘liq siklli biotexnologik ishlab chiqish korxonasi bo‘lib, mahalliy va MDH mamlakatlari bozorini yuqori texnologik mahsulotlar bilan taʼminlash imkonini beradi. Loyiha doirasida gepatit A, gepatit B, papilloma, qizamiq, qoqshol va boshqa kasalliklar viruslarini davolashda ishlatiladigan umumiy hajmi 2 mlrd. dollarga teng bo‘lgan 10 xil vaksinani yiliga 200 million dozada ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"