Jahon

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Italiya ma’lumotlarni himoya qilish agentligi Meta kompaniyasini Android qurilmalari foydalanuvchilarining foto va videolariga ularning alohida roziligisiz kirgani uchun 805 million yevro (taxminan 887 million dollar) jarimaga tortdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Facebook ilovasidagi foydalanuvchilarga telefon galereyasidagi surat va videolar asosida postlar uchun kontent tavsiya qiluvchi funksiya orqali shaxsiy fayllarga kirilgan. Bunda foydalanuvchilardan aynan ushbu funksiya uchun alohida rozilik olinmagan va ularga bu haqda yetarlicha ma’lumot berilmagan.

 

Italiya regulyatori Meta kompaniyasiga funksiyani dastlabki holatda o‘chirib qo‘yish va undan foydalanish uchun foydalanuvchilardan alohida rozilik olish majburiyatini yukladi. Buning uchun kompaniyaga 60 kun muddat berildi.

 

Meta vakilining Reuters agentligiga ma’lum qilishicha, kompaniya qaror ustidan shikoyat qiladi. Uning ta’kidlashicha, ushbu funksiya foydalanuvchilarga Facebook’da surat va videolarni ulashishda yordam beradi. Funksiya ishlashi uchun foydalanuvchilar qurilma sozlamalarida tegishli ruxsatni berishi kerak va uni istalgan vaqtda o‘zgartirishi mumkin. Kompaniya jarimani nomutanosib deb hisoblamoqda.

 

Reuters qayd etishicha, 2025-yilda boshlangan tekshiruv Meta foydalanuvchilarning foto va videolaridan sun’iy intellekt modellarini o‘qitishda foydalangan-foydalanmaganini qamrab olmagan. Meta bunday maqsadda ma’lumotlardan foydalanilganini avval ham rad etgan.

 

Shuningdek, Italiya ma’lumotlarni himoya qilish agentligi 2026-yilda ishga tushirilgan, foydalanuvchilarning galereyasidagi kontentni bulutli tizimda qayta ishlash imkonini beruvchi yangi funksiyani alohida o‘rganish huquqini saqlab qolgan.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.

Uyiga bostirib kirib, mashinaga majburlab o‘tqazishdi: Rossiyada o'zbekistonlik erkakni o'g'irlagan to‘da jazolandi

Uyiga bostirib kirib, mashinaga majburlab o‘tqazishdi: Rossiyada o'zbekistonlik erkakni o'g'irlagan to‘da jazolandi

Erkakdan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgan to'rt kishi qamaldi.