Jahon

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreya sudi talabalik vizasi bilan mamlakatda yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosini Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» (KTJ) terrorchilik tashkilotini moliyalashtirishda aybdor deb topdi. U tashkilot a’zosiga jami 1,25 million von (taxminan 936 dollar) o‘tkazgani uchun 16 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Sud materiallariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi Janubiy Koreyada koreys tilini o‘rganish uchun mo‘ljallangan D-4-1 vizasi asosida yashagan. U bilan o‘zini o‘zbekistonlik deb tanishtirgan KTJ a’zosi bog‘langan. Mazkur shaxs Suriyada hukumat qo‘shinlari va Rossiyaga qarshi jang qilayotganini aytgan.

 

2024-yil yanvaridan 2025-yil yanvarigacha talaba tashkilot vakili ko‘rsatgan hisob raqamlariga olti marta pul o‘tkazgan. O‘tkazmalarning umumiy miqdori 1,25 million vonni tashkil etgan. Talaba tashkilotning terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanishini bilganiga qaramay, unga pul yuborishda davom etgan.

 

Tergovda KTJ vakili talabadan Janubiy Koreyada yashovchi boshqa bir shaxsdan pul olib, uni Suriyaga jo‘natishni ham so‘ragani aniqlangan. Talaba bu topshiriqni bajarmagan. Biroq sud mazkur harakatni ham jinoyat sodir etishga urinish sifatida baholagan.

 

Sudya Ho So Yun O‘zbekiston fuqarosini terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor deb topgan. Sud qarorida terrorchilik tashkilotlarini moliyalashtirish xalqaro tinchlik va jamoat xavfsizligiga tahdid solishi qayd etilgan.

 

Jazo tayinlashda sudlanuvchining aybiga iqror bo‘lgani inobatga olingan. U 16 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan. Shuningdek, undan 1,25 million von undirish belgilangan.

 

KTJ 2014-yil dekabrida tashkil etilgan bo‘lib, BMT Xavfsizlik kengashining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Guruh 2016-yilda Qirg‘izistondagi Xitoy elchixonasi yaqinida sodir etilgan portlash hamda 2017-yilda Sankt-Peterburg metrosida yuz bergan teraktga aloqadorlikda gumonlangan.

 

O‘zbekiston fuqarosining ismi, yoshi va tahsil olgan universiteti oshkor etilmagan. Shuningdek, birinchi instansiya sudi hukmi ustidan shikoyat berilgani yoki qaror qonuniy kuchga kirgani haqida ma’lumot yo‘q.

 

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.

Uyiga bostirib kirib, mashinaga majburlab o‘tqazishdi: Rossiyada o'zbekistonlik erkakni o'g'irlagan to‘da jazolandi

Uyiga bostirib kirib, mashinaga majburlab o‘tqazishdi: Rossiyada o'zbekistonlik erkakni o'g'irlagan to‘da jazolandi

Erkakdan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgan to'rt kishi qamaldi.

Nurmagomedovning BAAda janjali qamoq bilan yakunlandi: jangchi olti oyga hukm qilindi

Nurmagomedovning BAAda janjali qamoq bilan yakunlandi: jangchi olti oyga hukm qilindi

BAAda jangni videoga olgan ikki kishi ham olti oyga qamalib, 300 ming dirhamdan jarimaga tortildi.