Hi-Tech

Dunyodagi eng baland ovozli smartfon taqdim etildi

U 9-oktabrdan sotuvga chiqariladi.

Dunyodagi eng baland ovozli smartfon taqdim etildi

 

Xitoyning Ulefone byudjet telefon brendi dunyoga yangi “Power Armor 16 Pro” smartfonini namoyish etdi, u diametri 36 mm bo'lgan, 122 dB gacha o'ta baland ovozga ega ulkan dinamik bilan jihozlangan. 

 

Gadjet 9-oktabrdan sotuvga chiqariladi. Uning narxi hozircha ma’lum qilinmagan bo'lsa-da, 200 dollardan oshmasligi kutilmoqda.

 

Gadjetlar tarixidagi eng baland ovozli smartfon ikki rangda taqdim etilgan: qora va to‘q sariq. U 5,93 dyuymli HD+ displeyga, 16 million pikselli + 2 million pikselli qo‘sh kameraga ega. Smartfon yon tomonida metall ramka va orqa tomonida chiziqli naqsh bilan jihozlangan.

Dunyodagi eng baland ovozli smartfon taqdim etildi | Zamon.uz