iPhone 14 mustaqil ravishda politsiyani YTH joyiga chaqirdi
Smartfonga “Crash Detection” funksiyasi o'rnatilgan.

Amerikaning Linkoln shahrida iPhone 14 avtohalokat joyiga mustaqil ravishda politsiya chaqirdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, "Honda Accord" avtomobili daraxtga borib urilgan. Hodisa oqibatida 6 kishi halok bo'lgan.
Ma’lumki, iPhone 14’dagi “Crash Detection” funksiyasi foydalanuvchining baxtsiz hodisa sodir bo‘lganiini aniqlash uchun sensorlardan foydalanadi.
Birinchi smartfon egasi baxtsiz hodisa haqida xabar oladi, agar u javob bermasa, 20 soniya ichida iPhone avtomatik ravishda politsiyaga qo'ng'iroq qiladi va qidiruvning taxminiy koordinatalarini beradi.







