Hi-Tech

Rossiyada mobil internet tezligi keskin pasaydi

Bunga sanksiyalar sabab bo‘lgan.

Rossiyada mobil internet tezligi keskin pasaydi

 

Rossiyada tarmoq uskunalarini yetkazib berish to‘xtatilishi munosabati bilan mobil Internet uchun chastotalar taqchilligi boshlandi. Bu uning tezligining asta-sekin pasayishiga olib kelmoqda, deb yozadi “Izvestiya” nashri.

 

Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar orasida mamlakatga telekommunikasiya uskunalarini yetkazib berishni taqiqlash ham bor. Agar ilgari kompaniyalar qo‘shimcha baza stansiyalarini o‘rnatish orqali chastota taqchilligi muammosini hal qilgan bo‘lsa, hozirda bunday imkoniyat yo‘q. 

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil noyabridan 2022-yil mart o‘rtalarigacha Rossiyada mobil internetning o‘rtacha tezligi 21,7 Mbit/s dan taxminan 21 Mbit/s gacha pasaygan. 2022 yil oxiriga kelib esa u 1 Mbit/s ga – 20 Mbit/s gacha tushishi mumkin.

 

Rossiyada mobil internet tezligi keskin pasaydi | Zamon.uz