0

iPhone 15‘ning dizayni o‘zgarmoqda

Apple‘ning navbatdagi smartfonlari dizayni haqida yangi maʼlumotlar paydo bo‘ldi.

iPhone 15‘ning dizayni o‘zgarmoqda

 

Ko‘pchilik so‘nggi avlod iPhone smartfonlarini stoldan olishga qiynalishini aytadi, chunki smartfon tep-tekis qirrali dizaynga ega va shu sabab stolga yopishib turadi. Yaxshiyamki, qurilmaning bo‘rtib chiqib turgan orqa kameralari ishni yengillashtiradi. Biroq bu navbatdagi iPhone‘lar bilan yana-da osonlashadi.

 

Apple‘ning yangi avlod iPhone smartfonlari titan tanaga ega bo‘lishi avval ham mish-mish qilingan edi. Taniqli insayder, ShrimpApplePro ushbu maʼlumotni yana bir marta tasdiqladi va shu bilan birga u iPhone 15 smartfonlarining orqa tomoni chegaralari yumaloqlangan bo‘lishini aytdi. Bu smartfonlar iPhone 5C‘ga o‘xshash ko‘rinish yaʼni old tomoni tekis, lekin orqa tomoni chegaralari biroz yumaloqlangan dizaynga ega bo‘ladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

iPhone 15‘ning dizayni o‘zgarmoqda