Kanada 1,5 million muhojirni mamlakatga taklif qilmoqda. Bu nega kerak?

Kanada immigratsiyaga katta pul tikmoqda. Muhojirlarning misli ko‘rilmagan to‘lqini bilan Kanada hukumati ishchi kuchi yetishmasligini qoplashga umid qilyapti.

Kanada 1,5 million muhojirni mamlakatga taklif qilmoqda. Bu nega kerak?

 

Kanada immigratsiyaga katta pul tikmoqda. Muhojirlarning misli ko‘rilmagan to‘lqini bilan Kanada hukumati ishchi kuchi yetishmasligini qoplashga umid qilyapti. Bunga tug‘ilish darajasining pastligi va aholining qarishi asosiy sababdir. Biroq barcha kanadaliklar bunday ko‘p sonli chet elliklarni quchoq ochib kutib olishga tayyor emas.

 

Noyabr oyi boshida Kanada federal hukumati ulkan rejalarni ochiqladi: keyingi yil yanvaridan boshlab va 2025 yil oxirigacha mamlakat hukumati har yili 500 ming muhojirni qabul qilishni rejalashtirmoqda. Yaʼni, yaqin uch yil ichida Kanada aholisi jami 1,5 million kishiga ko‘payishi mumkin.

 

Aholi jon boshiga hisoblanganda, bu Birlashgan Qirollik qabul qilishni rejalashtirganidan sakkiz baravar va AQSH maʼmuriyati kutayotgan ko‘rsatkichlardan to‘rt baravar ko‘p.

 

Yaqinda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov shuni ko‘rsatdiki, Kanada rasmiylarining rejalari mamlakat aholisining kayfiyatini to‘liq aks ettirmaydi, ularning aksariyati chet elliklarning bunday ommaviy oqimidan qo‘rqadi.

 

O‘nlab yillar davomida Kanada o‘z aholisi va iqtisodiyoti o‘sishini saqlab qolish uchun yangi rezidentlar oqimini ataylab rag‘batlantirmoqda. Shu bilan birga, muhojirlarga fuqarolik emas,Kanadada doimiy yashash huquqi beriladi.

 

O‘tgan yili 405 ming kishi Kanadada yashash uchun ruxsatnoma oldi – bu mamlakat tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich.Boshqa ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda bo‘lgani kabi, Kanadada ham tug‘ilish darajasi doimiy ravishda pasayib bormoqda, ayni paytda aholining o‘rtacha yoshi, aksincha, doimiy ravishda o‘sib bormoqda va bu Kanadani nafaqaxo‘rlar mamlakatiga aylanishi xavfini oshirmoqda. 

 

Bu shuni anglatadiki, agar mamlakat o‘z iqtisodiyotini rivojlantirmoqchi bo‘lsa, buni muhojirlarsiz amalga oshira olmaydi.Kanadada ishchi kuchining o‘sishi immigratsiya hisobiga sodir bo‘ldi.

 

Bugungi kunda Kanadadagi deyarli har to‘rt kishidan biri boshqa davlatdan. Boshqa barcha G7 davlatlarida bu ko‘rsatkich pastroq. Madaniyatlar aralashishning jahon markazi hisoblangan  AQSHni olaylik: u yerda muhojirlar aholining atigi 14 foizini tashkil qiladi. Britaniyada ham taxminan shunday.

 

Aslida Britaniya va Kanadadagi immigratsiya bilan bog‘liq vaziyatni solishtirish qiyin, chunki bu mamlakatlar aholisining zichligida katta tavofut bor.

 

Buyuk Britaniya aholi zichligi yuqori bo‘lgan kichik orol davlat bo‘lsa, Kanada maydoni kattaligi bo‘yicha Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi va bu yerda  38 million kishi yashaydi. Yaʼni, aholi o‘sishi uchun joy hali yetarli.

 

Muhojirlarni muvaffaqiyatli jalb qilish uchun hududning  kattaligi va qulay demografiyaning o‘zi yetarli emas. Bunda aholining qo‘llab-quvvatlashi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ko‘pchilik mamlakatlar uchun asosiy cheklovchi faktor bu jamoatchilik fikridir.

 

Kanada o‘z maqsadiga erisha oladimi?

 

Mamlakat nafaqat iqtisodiy toifadagi muhojirlarni boshqa mamlakatlarga qaraganda ko‘proq qabul qiladi, balki qochqinlar uchun dunyodagi eng ochiq davlatlar qatoriga kiradi. 2021 yilda mamlakat rasmiylari 20 mingdan ortiq arizachiga boshpana bergan.

 

Kanada har doim ham katta immigratsiya rejalarini amalga oshira olmagan. Masalan, 2021 yilda hukumat 59 mingga yaqin qochqinni qabul qilmoqchi edi, lekin uch baravar kamroq  migrant kelgan.

 

Immigrasiya vaziri Shon Freyzer bu muvaffaqiyatsizlikni COVID-19 pandemiyasining oqibatlari bilan izohladi.Kanadada immigratsiyaga munosabat mintaqalarda farq qiladi.

 

Mamlakat hukumati yiliga 500 minggacha muhojirni qabul qilish rejasini eʼlon qilganida, muhojirlar oqimi uchun o‘z kvotalarini belgilashi mumkin bo‘lgan Kvebek avtonom provinsiyasi 50 mingdan ortiq odamni qabul qilishga roziligini aytdi. Yaʼni, aholining deyarli to‘rtdan biri yashaydigan Kvebek rejalashtirilgan tashrif buyuruvchilarning atigi 10 foizini qabul qilishga tayyor.

 

Provinsiya bosh vaziri Fransua Legoning fikricha, muhojirlarning haddan tashqari ko‘p kelishi fransuz tilida so‘zlashuvchi mintaqa mavqeni zaiflashtirishi mumkin.

 

Mamlakat aholisining 10 foizi yashaydigan Toronto va Vankuver kabi yirik shaharlarda uy-joy bilan taʼminlash masalasi juda qiyin.Shuning uchun ular ko‘pchilikni qabul qilmaydi.

 

Kanada Leger instituti va Kanadani o‘rganish assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, respondentlarning to‘rtdan uch qismi birinchi navbatda hukumatning immigratsiya rejasi uy-joy va ijtimoiy xizmatlarga taʼsir qilishidan xavotirda. Respondentlarning deyarli yarmi (49%) yiliga 500 000 tashrif buyuruvchilar juda ko‘p, deb hisoblaydi, 31% esa  bu rejani maʼqullaydi.

 

custom img

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

Ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ikkinchisi ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

Muddatli to‘lov xizmatlari operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Banklar va mikromoliya tashkilotlaridan tashqari, muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator deb e’tirof etiladi.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Slovakiya, Germaniya va Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Ulardan biri 85 mln so‘m, boshqalari esa 4 ming va 5 900 AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"