O'zbekiston

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

2026-yilda aholi ehtiyojlari uchun 1 mln 530 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “O‘zbekko‘mir” AJ axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Hozirda ko‘mirni hududlar kesimida taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari uchun ko‘mirning dastlabki partiyalari xususiy tadbirkorlar tomonidan birja orqali xarid qilingan.

 

Ayni paytda shartnomalarni rasmiylashtirish hamda ko‘mirni tegishli hududlarga yetkazib berish ishlari davom etmoqda. Mahsulot mahalliy omborlarga yetkazilgach, uning aholiga sotilishi mycoal.uz elektron platformasi orqali tashkil etiladi.

 

Platformada ko‘mir savdosi boshlanadigan sana, ombor manzili va mavjud mahsulot miqdori hududlar kesimida e’lon qilib boriladi.

 

Shuningdek, hududlarda ko‘mirga ehtiyojmand xonadonlar ro‘yxatini shakllantirish ishlari davom etmoqda.

 

“O‘zbekko‘mir” aholiga ko‘mir sotilishi bo‘yicha ma’lumotlarni faqat korxonaning rasmiy axborot manbalari hamda mycoal.uz platformasidan olishni tavsiya qildi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.