Jahon

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

30-sentyabr kuni Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan Flydubai’ning FZ1073 reysi bortida kokpitda jiddiy xavfsizlik hodisasi yuz berdi. Isroil rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, parvoz vaqtida ikkinchi uchuvchi kapitan Smit Machchharni pichoqlagan va samolyotni qulatishga uringan. Hodisa oqibatida samolyot Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga yo‘naltirilib, u yerga xavfsiz qo‘ndirilgan. 

 

Reys bortida 174 kishi bo‘lgan. Isroil rasmiylariga ko‘ra, yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari kokpitga kirib, hujum qilgan uchuvchini zararsizlantirishga yordam bergan. Shundan so‘ng bortda bo‘lgan boshqa Flydubai uchuvchilari samolyot boshqaruvini o‘z qo‘liga olib, uni Tabukka qo‘ndirgan. 

 

Isroil bosh vaziri Benjamin Netanyahu hodisani “jiddiy xavfsizlik hodisasi” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, pichoqlangan uchuvchi, og‘ir jarohatlanganiga qaramay, kokpit eshigini ochishga muvaffaq bo‘lgan. Yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari esa hujum qilgan uchuvchini zararsizlantirib, katta fojianing oldini olgan. 

 

Netanyahu jarohatlangan kapitan Smit Machchharning harakatlarini alohida ta’kidlab, uning jasorati tufayli samolyotdagi 174 kishining hayoti saqlab qolinganini aytdi. Shuningdek, u hodisaga aloqador uchuvchi Saudiya Arabistonida qo‘lga olingani va so‘roq qilinayotganini ma’lum qildi. 

 

Keyinchalik Netanyahu CBS telekanaliga bergan intervyusida hodisaning motivi hozircha noma’lum ekanini bildirdi. U dastlabki ma’lumotlarga asoslanib, bu holatni samolyotni olib qochishdan ko‘ra o‘z joniga qasd qilishga urinish bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan, biroq bu uning dastlabki bahosi ekanini qayd etgan. 

 

Shu bilan birga, Flydubai hodisaning asl sabablari hali aniqlanmaganini bildirgan va “erta xulosalar” chiqarishdan ogohlantirgan. BAA Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi ham voqeani “xavfsizlik hodisasi” deb atab, tergov olib borilayotganini ma’lum qilgan. 

 

Hodisa ortidan Isroil hukumati mamlakatga uchadigan samolyotlar uchuvchilariga nisbatan xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytirishini ma’lum qildi. Netanyahu idorasi vakili barcha uchuvchilarning shaxsi va xavfsizlik ma’lumotlari qo‘shimcha tekshirilishini bildirgan. 

 

Hodisaning sababi va boshqa tafsilotlari bo‘yicha tergov davom etmoqda. Flydubai esa Isroilga va Isroildan parvozlarni vaqtincha to‘xtatgan. 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.