O'zbekiston

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda. Bunga Janubiy yarimsharning ayrim hududlarida yog‘ingarchilikning ko‘payishi, ekvatordan shimolda esa qurg‘oqchilik kuzatilayotgani sabab bo‘lmoqda. 

 

Ob-havo sharoitlari dunyoning yirik shakar ishlab chiqaruvchilari — Braziliya, Hindiston va Tailandga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tahlilchilarga ko‘ra, El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

 

Braziliyada haddan tashqari yog‘ingarchilik shakarqamishni yig‘ish va qayta ishlashni sekinlashtirmoqda. Hindistonda musson yomg‘irlarining sust kelishi hosildorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tailandning shakar yetishtiriladigan hududlari esa qurg‘oqchilikdan zarar ko‘rgan.

 

Yevropada esa El-Nino jazirama to‘lqinlarni kuchaytirib, qand lavlagi hosiliga ta’sir ko‘rsatgan. Yevropaning eng yirik ishlab chiqaruvchisi Fransiyada shakar ishlab chiqarish hajmi 1980-yildan buyon eng past darajaga tushishi mumkin.

 

Shu sababli jahon bozorida shakar narxlari oshmoqda. Joriy yilda uning narxi 18 foizga ko‘tarilgan. Tahlilchilar kelgusi 12 oyda oq shakar narxi yana 20 foiz atrofida oshishi mumkinligini prognoz qilmoqda.

 

El-Nino boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, Janubi-Sharqiy Osiyoda guruch, G‘arbiy Afrikada kakao yetishtirish qurg‘oqchilik sabab xavf ostida. Qahva va palma yog‘i ishlab chiqarish ham ob-havo sharoitlaridan zarar ko‘rishi mumkin.

 

Shu bilan birga, El-Ninoning eng yuqori faollik darajasi joriy yil oxirida kuzatilishi kutilmoqda.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

Sudda apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

Loyiha ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish va ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa sotish orqali qo‘shimcha daromad olishiga imkon beradi.